30 noyabr kuni Oliy sudda “Odil sudlovni ta`minlash – O`zbekistonni korrupsiyadan xoli hududga aylantirishning muhim omili” mavzuida o`tkazilgan konferensiya davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o`rinbosari ayrim sudyalar tomonidan Sudyalarning odob-axloq kodeksi talablarini buzganlik va g`ayriqonuniy xatti-harakatlari sodir etganliklari holatlarini qayd etdi.
Faqat holatlar aytilib, ko`rilgan choralar haqida gapirilmaganligi sababli, bu masala tushunmovchiliklar keltirib, qator ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo`ldi.
Shu o`rinda joriy yilning 11 oyi mobaynida haqiqatdan ham o`z faoliyatida kamchiliklarga yo`l qo`ygan 27 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilganligi, shuningdek 8 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi ma`lum qilinadi.






