AsosiyJamiyat

Samarqandda mashinasini farroshga yuvdirgan maktab direktori haqidagi holat mehnat inspektorlari tomonidan o`rganildi

'Samarqandda mashinasini farroshga yuvdirgan maktab direktori haqidagi holat mehnat inspektorlari tomonidan o`rganildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda  Kattaqo`rg`on tumanidagi 4-umumta`lim maktabi direktori 2020 yil 21 noyabr kuni sovuqda avtomashinasini xodimiga yuvdirganligi haqidagi ma`lumot tarqalgan edi. 

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan holat o`rganilganda maktab direktoriga tegishli bo`lgan avtomashina oldida turgan maktab farroshi ekanligi aniqlangan.

Ma`lum qilinishicha, ushbu farrosh bilan suhbat o`tkazilganda u avtomashinani tozalamaganligi, 2020 yil 21 noyabr kuni maktabda “rus va xorijiy tillar fani oyligi” munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirga direktor avtomashinasida olib kelgan gullarni tushirishda o`z ixtiyoriga ko`ra yordamlashayotganligini ma`lum qilib, tushuntirish xati yozib bergan.  

Shu sababli, mazkur holatda majburiy mehnat aniqlanmadi.

Davlat mehnat inspeksiyasi respublikamizda majburiy mehnatga qarshi keskin kurash ketayotganligini ta`kidlab, majburiy mehnat holatlariga guvoh bo`lgan fuqarolarimizdan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, 71-200-06-00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishlarini so`raydi.

Aziz fuqarolar o`zingizning buzilgan mehnat huquqlaringizni tiklang hamda majburiy mehnatning qurboni bo`lib qolishdan ogoh bo`ling! 

    Boshqa yangiliklar