AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus pandemiyasi sabab ayrim soliq to`lovchilarga engillik berildi

'O`zbekistonda koronavirus pandemiyasi sabab ayrim soliq to`lovchilarga engillik berildi'ning rasmi

Adliya vazirligining  ma`lum qilishicha, “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ–652-son, 01.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.  

“2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonuniga (https://lex.uz/docs/4635016) kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra:  

  •  qishloq xo`jaligi erlarini sug`orish va baliqni ko`paytirish (etishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmlari bo`yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil uchun belgilangan stavkalardan 50 foizga pasaytirildi;

 

  • 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar bo`lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotini chakana savdo qilish huquqi uchun yig`im to`lashdan ozod qilindi.

 

O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, soliq to`lovchilarga ayrim hollarda soliqlarni, soliqlar bo`yicha bo`nak to`lovlari bo`yicha foizsiz kechiktirish yoki bo`lib-bo`lib to`lash imkoniyati beriladi.

    Boshqa yangiliklar