Ijtimoiy tarmoqlarda mast fuqaro avtomashinalar qatnov yo`lida, egnidagi kiyimlarini echib, yalang`och holda, yo`lda kelayotgan avtomashinalarni oldiga chiqib, to`xtagan mashinalarni ustiga chiqib, ularning harakatlanishiga xalaqit qilgan holati aks etgan video tarqaldi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, voqea viloyatning Qiziltepa tumani markazida joylashgan “Istiqlol” nomli tuyxona oldida bo`lgan.
2020 yil 1 dekabr kuni soat 13-00larda Qiziltepa tumani “Xasancha” mahallasi hududida joylashgan “Toshrobot–ota” choyxonasida fuqaro Muhammedov G`olibjon Nurali o`g`li tanishlari “Murod”, “Anvar”, “O`tkir” ismli yigitlar bilan birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilishgan. Fuqaro G`.Muhammadiev juda mast holda notanish avtomashinada tumani markazidagi avtomashinalar qatnov yo`lida, egnidagi kiyimlarini echib, yalang`och holda, yo`ldan harakatlanib kelayotgan avtomashinalarni oldiga chiqib, to`xtagan avtomashinalarni ustiga chiqib, ularning harakatlanishiga xalaqit qilib, jamoat tartibini buzib, fuqarolarni e`tiroziga sabab bo`lgan.
Mazkur huquqbuzarlik o`z vaqtida IIB xodimlari tomonidan bartaraf etilib, huquqbuzarlikka chek qo`yildi hamda holat tuman IIB ning Shakl-2 kitobidan qaytdan o`tkazilib, tuman IIB XPB xodimlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi va voqea "qahramoni" va uning sheriklariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ta`sir chorasi qo`llanilishi belgilangan.