AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi delegasiyasini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi delegasiyasini qabul qildi'ning rasmi

2 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o`rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Oliy darajadagi samarali muloqot tufayli O`zbekiston-Rossiya ko`p qirrali hamkorligi keyingi yillarda jadal sur`at bilan rivojlanayotgani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini davlatimiz rahbari katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Dmitriy Kozak O`zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Bo`lajak ikki tomonlama va ko`p tomonlama formatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko`rish va ularni o`tkazish masalalari ko`rib chiqildi. Ushbu tadbirlar kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitishga alohida e`tibor qaratildi.

Xalqaro siyosatning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar