AsosiyJamiyat

Chita shahrida vafot etgan fuqaro jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

'Chita shahrida vafot etgan fuqaro jasadi O‘zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Chita shahrida vafot etgan fuqaro jasadi O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

1971 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi U.U. joriy yilning 22  noyabr kuni yurak kasalligi oqibatida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasining Chita shahrida vafot etgan fuqaroning jasadini O`zbekistonga olib kelishda qiyinchiliklar bo`layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Marhumning jasadini vatanga jo`natish bilan bog`liq barcha tashkiliy va huquqiy masalalar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilib, bugun “yuk 200”, ya`ni marxum fuqaro jasadi O`zbekistonga olib kelindi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar