"Zamin" Fondi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha 60% bolalarni karlikdan qutqarishi mumkin, deya yozmoqda "davletovuz".
Aytilishicha, "Zamin" fondi Sog`liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda yiliga 70 000 dan ziyod chaqaloq dunyoga keladigan Toshkent shahrida sinov loyihasini boshladi.




Tibbiyot muassasalarida o`tkazilayotgan skriningni monitoring va tahlil qilish uchun loyiha doirasida onlayn tizim ishga tushirilgan. Yangi tug`ilgan chaqaloqlar shahardagi 4 ta bolalar shifoxonasida va barcha 15 ta tug`ruq markazlarida eshitish qobiliyatining skrining tekshiruvidan o`tkazilishi mumkin bo`lgan apparatlar o`rnatildi.
Ushbu loyiha 1 yillik sinov muddatidan muvaffaqiyatli o`tgandan so`ng respublikamizdagi barcha tug`ruq markazlariga tadbiq qilinadi.
"Zamin" fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoeva loyihaning dastlabki natijalari bilan tanishdi, tug`ruq markazlari shifokorlari va yangi tug`ilgan chaqaloqlarning ota-onalari bilan suhbatlashdi, ularga eng ezgu tilaklarni bildirdi.






