AsosiyJamiyat

Namanganlik 60 yoshli ayol shahardagi do`konlardan birini o`mardi

'Namanganlik 60 yoshli ayol shahardagi do`konlardan birini o`mardi'ning rasmi

Shu yil 27 noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 25 noyabr kuni soat 15:00 dan soat 16:30 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs Namangan shahrida joylashgan savdo do`konidagi temir seyfida bo`lgan 5.000.000 so`m pullarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan, deya xabar bermoqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Namangan shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1960 yilda tug`ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 28 noyabr kuni O`z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar