1

Xitoyda kuchli zilzila. O`nlab uylar vayron bo`ldi

Dunyo 21.01.2016, 14:46
Xitoyda kuchli zilzila. O`nlab uylar vayron bo`ldi

Xitoyda bugun tungi soat 1:13 da yuz bergan 6,4 magnitudali zilzila o`nlab uylarni vayron qildi.

Xitoyning shimoli-g`arbida joylashgan Sinxay provinsiyasida yuz bergan kuchli zilzila 54 ta inshootni vayron qilgan, bu haqda XXR seysmik xizmati xabar berdi.

Zilzila o`chog`i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila shuningdek Sinin shahar okrugi hamda qo`shni Gansu provinsiyasida ham sezilgan.

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma`lumotlar yo`q.

Tabiiy ofat hududida qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda. Zilzila temir yo`l harakatiga ta`sir qilmagan, barcha poezdlar jadval bo`yicha harakatlanmoqda.

Ma`lumotlargan ko`ra, zilzila bir necha daqiqa davom etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1