2020 yil 2 dekabr kuni Namangan shahar "Yoshlik" mahallasi hududidagi “Mustaqillikning 10 yilligi” ko`chasida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan IIB axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Uychi tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan fuqaro, onasini nomida bo`lgan Spark rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada Namangan shahrida yashagan, 1967 yilda tug`ilgan fuqaro og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 2 dekabr kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilganligi aytilmoqda.






