AsosiyJamiyat

Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining bugun o`tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi. Amirov Alisher Xurramovich boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi.  

Jarqo`rg`on tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Davlatov Ziyodulla O`roqovich Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Z.Davlatov 1974 yil 3 martda Termiz tumanida tug`ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2007 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2007-2010 yillarda AT Xalq banki ichki audit boshqarmasi boshlig`i, kredit departamenti direktori, 2010-2013 yillarda Xalq banki Toshkent viloyati filiali boshlig`i, 2013-2017 yillarda Surxondaryo viloyati  hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari,  2017 yildan to shu kungacha Jarqo`rg`on tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov ishtirok etdi va so`zga chiqdi.

    Boshqa yangiliklar