AsosiyJamiyat

Uch toifa fuqarolarga O`zbekiston va Tojikiston chegarasidan o`tishga ruxsat berildi

'Uch toifa fuqarolarga O`zbekiston va Tojikiston chegarasidan o`tishga ruxsat berildi'ning rasmi

Uch toifa fuqarolarga O`zbekiston va Tojikiston chegarasidan o`tishga ruxsat berildi. Bu haqda “Aziya-Plyus”ga tayanib Qalampir xabar berdi.

Ma`dumotlarga ko`ra, tomonlar O`zbekiston yoki Tojikiston oliy ta`lim muassasalarida tahsil oluvchi fuqarolariga chegaradan o`tishga ruxsat bergan.

Talabalar, Tojikiston chegarasini kesib o`tishda pasportdan tashqari, talabalik guvohnomasi va koronavirusga chalinmaganlik haqida ma`lumotnomani ham ko`rsatishi kerak bo`ladi.

Bundan tashqari, chegarani Tojikiston yoki O`zbekistonda turmush o`rtog`i va farzandlari bor fuqarolar ham kesib o`tishi mumkin. Ular ham pasport bilan birga nikoh, tug`ilganlik haqida guvohnoma va koronavirus aniqlanmagani haqida ma`lumotnoma ko`rsatishi kerak.

Uchinchi toifaga O`zbekiston va Tojikistondagi koronavirusga qarshi respublika shtablaridan tegishli xatni olgan fuqarolar kirgan.

Manbaning aytishicha, bugungi kunda tomonlar Toshkent va Dushanbe o`rtasida 2021 yil 1 yanvardan aviaqatnovlarni tiklash borasida muzokaralar olib boryapti.

    Boshqa yangiliklar