AsosiyJamiyat

2021 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi

'2021 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi'ning rasmi

Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF–6122-son, 03.12.2020 y.) qabul qilindi.

 Farmonga muvofiq, 2021 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to`liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021 yilda quyidagi qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi:

➖ 2 sentyabr – payshanba;

➖ 3 sentyabr – juma.

 Shuningdek, 2021 yil 2 yanvar – shanba, 20 mart – shanba, 22 mart – dushanba va 4 sentyabr – shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat`i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.  

 

    Boshqa yangiliklar