AsosiyJamiyat

Dekabr oyida koinotda to`rtta astronomik hodisa yuz beradi

'Dekabr oyida koinotda to`rtta astronomik hodisa yuz beradi'ning rasmi

 Shu oyda Quyoshning to`liq tutilishi kutilyapti, ikki marta yulduzlar yomg`iri va Yupiter bilan Saturnning osmon gumbazida birga tizilishi ro`y beradi. Bu haqda O`z A   “RIA Novosti”ga tayanib xabar bermoqda.

"Qiziq tomoni shundaki, ushbu hodisalarning bari 14-21 dekabr oralig`iga to`g`ri keladi. Shu bois ayni haftani shunday ham juda murakkab kechayotgan 2020 yilning eng astronomik sanalari, deb atash mumkin", - deyiladi xabarda.

14 dekabr kuni Quyosh to`liq tutiladi. Voqeaning to`liq bosqichi 130 daqiqa davom etadi. Shu kuni meteorlar yomg`iriga ham guvoh bo`lamiz: soatiga 120 ta meteor uchadi.

Eng qisqa yorug` kun - 21 dekabrda astronomik qish kirib, tun qisqarishi, kun uzayishi boshlanadi.

Shu kuni osmon gumbazida ikkita gigant sayyora – Yupiter va Saturn birga qad etiladi. Bunday hodisa har yuz yilda bir sodir bo`ladi. Osmonda ularning eng yaqin ko`ringani bundan 794 yil avval – 1226 yil 4 martda sodir bo`lgan ekan.

21 dekabrdan 22 dekabrga o`tar kechasi Ursida meteorlar oqimi eng yuqori darajaga etib, soatiga 10 tagacha meteor uchadi.

    Boshqa yangiliklar