AsosiyJamiyat

Rossiya o`rmonidan topilgan Maugli-bolakay O`zbekistonga qaytdi

'Rossiya o`rmonidan topilgan Maugli-bolakay O`zbekistonga qaytdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, joriy yilning oktyabr oyida Rossiya o`rmonida bir necha oydan buyon otasi bilan yashayotgan bola topilgan edi. Surishtiruvlar natijasida bolaning otasi o`zbek ekani ma`lum bo`lgan va bolakayga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma berilgan.

Ayni paytda ma`lum bo`lishicha, Balashixa aholisi tomonidan topilgan Maugli-bolakay O`zbekistonda yashash uchun otasi bilan qaytib keldi. Bu haqda life.ru xabar qildi.

Oila Qarshi shahridagi besh xonali uyda yashaydi.

- O`g`lim uchun alohida xona, yotoqxona tayyor. Alohida - u uy vazifasini bajaradigan kompyuter xonasi. Bola hech narsaga muhtoj bo`lmasligi lozim, biz zamonaviy odamlarmiz. Bunday sharoitga tushib qolishim tasodif edi, - degan bolaning otasi. - Hayot shunday bo`ldi va biz marhum xotinim bilan biroz ahmoqlik qildik. Biz uysiz emasmiz, biz o`z mehnatimiz bilan pul topamiz.

Erkak allaqachon o`g`li uchun maktab tanlashga qaror qilgan. U uyning yonida joylashgan. O`zi esa neft va gaz profiliga ishga joylashishga va`da bergan va aloqalari tufayli u allaqachon ish topgan.

Erkakning ta`kidlashicha, endi uning va o`g`lining hujjatlari bilan hamma narsa joyida: sud otalik to`g`risidagi hujjatlarni va tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalarni bergan.

Eslatib o`tamiz, Maugli bola haqida birinchi bo`lib bolaning tengdoshlari u o`ynash uchun kelgan maydonchada payqashdi. Ma`lum bo`lishicha, u uysizlar yonidagi o`rmon kulbasida yashagan. Bolaning onasi bir necha oy oldin vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar