AsosiyJamiyat

Metro xaritasining eng so`nggi o`zgarishlari e`lon qilindi

'Metro xaritasining eng so`nggi o`zgarishlari e`lon qilindi'ning rasmi

Toshkent metropoliteni - O`rta Osiyoda birinchi bo`lib ochilgan metropoliten hisoblanadi. Bugungi kunda uning tarkibiga 31 ta er osti va 12 ta er usti bekatlar kiradi. Yaqinda qurilish ishlari tugatilgan metropolitenning to`liq xaritasi e`lon qilindi.

Har qanday transport turida tezlik chegarasi bo`lgani kabi, metroning xar bir yo`nalishida ham tezlik chegarasi turlicha, masalan, Chilonzor va O`zbekiston yo`llari - 80 km / soatgacha, Yunusobod va er usti Halqa yo`li 60 km / soatgacha tezlikda harakatlanadi.

Metro yo`nalishlarining (liniya)  uzunliklari ham turlicha:

  1. Chilonzor yo`lining (12 bekat) uzunligi  - 16,2 km,

2. O`zbekiston yo`lining (11 bekat) uzunligi- 14,9 km,

3. Yunusobod yo`lining (6 bekat) 7,15 km va yangi qurilgan 2 ta yo`l uzunligi – 2,9 kmni tashkil etadi, (ularning umumiy yo`l uzunligi jami 10 km dan oshadi),

4. Halqa yo`li (7 bekat) -11,555 km,

5. Sergelili yo`li (5 bekat) - 6,2 km (foydalanishga topshirish bosqichida)

Bugungi kunda, metro yo`llarining umumiy uzunligi 58,9 km dan ortiq.

    Boshqa yangiliklar