Joriy yilning 23 noyabr kuni “Vesti.uz” internet nashrida tabiiy gaz bilan bog`liq muammolarga Toshkentda qurilayotgan yangi turar joy binolar sabab bo`layotgani mazmunidagi maqola chiqdi. Maqolada keltirilgan izohlar bo`yicha “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali quyidagilarni ma`lum qiladi.
Toshkent shahrining tabiiy gaz iste`molchilariga “O`ztransgaz” AJga qarashli “Toshkent magistral gaz quvurlari” boshqarmasi tasarrufidagi 3 ta “Janubiy G`arbiy”, “Sharqiy-2” va “Bektemir” gaz taqsimlash stansiyalari orqali Toshkent shahar iste`molchilariga tabiiy gaz etkazib berilmoqda.
Respublikamiz hududida, shu jumladan Toshkent shahrida ham havo harorati keskin pasayishi natijasida, tabiiy gazga bo`lgan ehtiyoj yanada ortgan va gaz quvurlarida bosim kamayishiga sabab bo`lgan. Hozirda "Hududgazta'minot" AJ tarkibi kesimida tezkor avariya-ta`mirlash guruhlari tomonidan joylarda yuzaga keluvchi avariya yoki texnik nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Toshkent shahridagi yangi qurilgan turar-joy binolari hamda ob`ektlarning qurilishi joylarda tabiiy gazning bir me`yorda to`liq yonmaslik holatiga bog`liq emas, deyiladi xabarda.