AsosiyJamiyat

Sud «UzAuto Motors» ishini qayta ko`rib chiqadi

'Sud «UzAuto Motors» ishini  qayta ko`rib chiqadi'ning rasmi

Joriy yilning 11 dekabr kuni  Toshkent shahar ma`muriy sudi «UzAuto Motors» ishini qayta ko`rib chiqadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

 «UzAuto Motors»ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topish to`g`risidagi shikoyat arizasi bo`yicha shu yilning 30 oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori qabul qilingandi.

Qo`mita vakillari sudning qaroridan norozi bo`lib, yuqori instansiyaga murojaat etishini bildirgandi.

Kun.uz’ning Oliy suddagi manbasi ma`lumotiga ko`ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi apellyasiya shikoyatini keltirib, «UzAuto Motors» arizasini qanoatlantirishni rad etishi va yangi hal qiluv qarori qabul qilishini so`ragan.

Ma`lumot uchun, Toshkent shahar ma`muriy sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, arizachi «UzAuto Motors» AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasiga nisbatan shikoyat arizasi qanoatlantirildi va Maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish bo`yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas, deb topildi.

Qo`mitaning boshqarma boshlig`i Ulug`bek Davlatov joriy yil 26 avgust kuni bergan intervyusida maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror mohiyati va voqealar rivoji haqida gapirib bergandi.

Sudya G`olib Davlatov 30 oktyabr kuni «UzAuto Motors» ishi bo`yicha o`z qarorini sharhlab bergandi. Shundan keyin, jamoatchilikda yana savollar paydo bo`la boshlagan. 

    Boshqa yangiliklar