"Facebook" ijtimoiy tarmog`ida Andijonlik bloger Otabek Nuritdinov tomonidan unga nisbatan asossiz jinoyat ishi qo`zg`atilganligi haqida post qoldirilgan.
Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Andijon viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan mazkur jinoyat ishi nazorat tartibida o`rganilgan.
Aniqlanishicha, 2020 yil oktyabr oyida Abdufatto Nuritdinov "Facebook" ijtimoiy tarmog`ida mavjud bo`lgan “Otabek Nuritdinov” nomli saxifasida fuqaro G.Mirzaevani “Ma`naviy buzuq ayol” va shu kabi so`zlar bilan haqoratlaganligi bo`yicha 20 noyabr kuni Andijon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Biroq, jinoyat ishi qo`zg`atish haqidagi qarorni qabul qilishda jinoyat prosessual qonunchiligi talablariga to`liq rioya qilinmaganligi aniqlangan.
Shu sababli, Jinoyat-prosessual kodeksining 23-moddasi (Aybsizlik prezumpsiyasi) 3-qismiga muvofiq A.Nuritdinovga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bekor qilindi.