AsosiyJamiyat

Qarshida Turkiya texnologiyasi asosida un ishlab chiqariladi

'Qarshida Turkiya texnologiyasi asosida un ishlab chiqariladi'ning rasmi

Qarshilik tadbirkor Faxriddin Axmedov Shayxali shaharchasida Turkiya texnologiyasi asosida bir kunda 150 tonna bug`doyni qayta ishlab, un qilib chiqarish quvvatiga ega korxona faoliyatini yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Korxonani yangi yil arafasida ishga tushirish mo`ljallangan bo`lib, natijada 80 nafar kishini ish bilan ta`minlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari tadbirkor 50 sotix erda issiqxona tashkil etib, limon va bodring etishtirish bilan ham shug`ullanmoqda.

Bugun Qarshi shahar hokimi Normo`min Xolboev tadbirkor bilan uchrashib, uning muammolarini o`rgandi. Ularni hal etish bo`yicha tegishli mas`ullarga topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar