AsosiyJamiyat

2021 yil 1 yanvardan akademik lisey pedagog va o`quv-yordamchi xodimlariga yangi tartibda ish haqi hisoblanadi

'2021 yil 1 yanvardan akademik lisey pedagog va o`quv-yordamchi xodimlariga yangi tartibda ish haqi hisoblanadi'ning rasmi

“Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori e`lon qilindi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident qaroriga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan 2021 yil 1 yanvardan boshlab akademik lisey pedagoglari va xodimlarining mehnatini munosib rag`batlantirish maqsadida:

➖ akademik lisey pedagog va o`quv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq to`lashda Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to`lash shartlari qo`llaniladi;

➖akademik lisey direktorining o`quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog`liq bo`lgan o`rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida har oylik ustamalar to`lanadi;

➖ bo`ysunuvi bo`yicha tegishli oliy ta`lim muassasasining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, byudjetdan tashqari, jumladan, to`lov-kontrakt mablag`lari hisobidan akademik liseylarda o`rnak ko`rsatgan pedagog va xodimlarga lavozim maoshlarining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar to`lanadi;

➖akademik liseylarning fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek, fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dosent ilmiy unvonlariga ega bo`lgan pedagog xodimlari mehnatga haq to`lash shartlariga ko`ra oliy ta`lim muassasasi katta o`qituvchisiga tenglashtiriladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalarida ta`lim muassasasi rahbarining bazaviy lavozim maoshiga nisbatan bosh hisobchining bazaviy lavozim maoshi 80 foiz miqdorida, hisobchining bazaviy lavozim maoshi 60 foiz miqdorida belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar