AsosiyJamiyat

Toshkentdan Nur-Sultonga muntazam reyslar qayta tiklanmoqda

'Toshkentdan Nur-Sultonga muntazam reyslar qayta tiklanmoqda'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Olmotaga qo`shimcha reyslar kiritdi. Kompaniya shuningdek, Nur-Sultonga muntazam reyslar qayta tiklanganini ma`lum qildi.

"Uzbekistan Airways" Nur-Sultonga muntazam parvozlar qayta tiklanganini e`lon qildi, deb xabar bermoqda "Uzbekistan Airways".

Shuningdek, 2020 yil 8 dekabridan boshlab har seshanba Almatiga qo`shimcha reyslar amalga oshiriladi.

Parvozlar grafigi quyidagicha:

  • Toshkent – Almati uchish 15:20, etib borish vaqti 17:50
  • Almati – Toshkent uchish vaqti 18:50, etib borish vaqti 19:30

2020 yil 10 dekabrdan boshlab Qozog`iston poytaxti Nur-Sultonga reyslar har juma, 15 dekabrdan boshlab seshanba kunlari quyidagi grafikda amalga oshiriladi:

  • Toshkent – Nur-Sulton uchish vaqti 13:00, etib kelish vaqti 16:00
  • Nur-Sulton – Toshkent uchish vaqti 17:00, etib borish vaqti 18:00

    Boshqa yangiliklar