Bu haqda AOKAda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning muhim yo`nalishlari bo`yicha o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
A`zam Madaminov, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori:
«Adliya vazirligi tomonidan hokimiyatlar faoliyatiga xos bo`lmagan funksiyalarni chiqarib tashlash maqsadida tahlil o`tkazildi.
Hokimlarning boshqa davlat organlari funksiyalarini takrorlovchi 70 ta funksiyasi ro`yxati shakllantirilib, bularni bekor qilish yoki qo`shib yuborish taklifi bilan yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etildi».






