AsosiyJamiyat

Sirdaryoda grant tanlovda g`oliblariga 20 million so`mlik sertifikatlar topshirildi

'Sirdaryoda grant tanlovda g`oliblariga 20 million so`mlik sertifikatlar topshirildi'ning rasmi

Grand tanlovida g`olib chiqqan ishtirokchi NNTlarga 20 million so`mlik sertifikatlar topshirildi. Bu haqda Sirdaryo.uz rasmiy kanali xabar berdi.

Ma`lumki, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzurida tashkil etilgan Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi va Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining Ijtmioiy sheriklik bo`yicha Jamoat komissiyasi Qaroriga asosan joriy yilning oktyabr oyida “Mahallarlardagi yoshlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar proflaftikasi hamda yosh oilalar o`rtasida ajrimlarni oldini olish” mavzusida birinchi tur davlat grantlari ajratish uchun tanlov e`lon qilingan edi. 

Mazkur tanlovda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan o`nga yaqin Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari o`z loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Mazkur loyihalar Jamoat komissiyasi a`zolari tomonidan ko`rib chiqildi.

Komissiya xulosasiga ko`ra, Guliston shahar “Madaniyat” mahallasi va O`zbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati Guliston shahar bo`limi tomonidan taqdim etilgan grant loyihalarni moliyalashtirish bo`yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Joriy yilning 3 dekabr kuni ushbu g`oliblarga loyihalarini moliyalashtirish uchun maxsus sertifikatlar topshirilib, 20 million so`mlik grant mablag`lar ajratildi.

Shuningdek joriy yilning 20 noyabrdan 20 dekabr kuniga qadar davlat grantlari ajratish uchun tanlovning ikkinchi turi e`lon qilindi. Tanlov yo`nalishlari va shartlari to`g`risidagi ma`lumotlarni www.fundngo.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar