AsosiyJamiyat

Ilk bor tibbiy volontyorlar forumi o`tkazildi

'Ilk bor tibbiy volontyorlar forumi o`tkazildi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ilk bor “Tibbiyot volontyorlari” forumi tashkillashtirildi. Bu haqda SSV rasmiy kanali xabar berdi.

Forumning asosiy maqsadi tibbiyot sohasida ko`ngillilar harakatini rivojlantirishdan iborat bo`lib, unda Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari A. Azizov, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi A. Jumabaev, Toshkent shahar hokimi o`rinbosari D. Rahimova va “Ziyo Forum” ilm-fan va ta`limni rivojlantirish xalqaro jamg`armasi direktori B. Farmanov ishtirok etdi.

Yig`ilish davomida Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari A. Azizov vazirlikning kelgusidagi rejalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari va yoshlar bilan hamkorlik qilish ushbu maqsadlarga erishish borasida samarali ekanini ta`kidlab o`tdi.

Tadbir doirasida tibbiyot sohasida ko`ngillilik faoliyatini olib borayotgan “O`zbekiston tibbiyot volontyorlari”, “O`zbekiston Fenomen” va “Nafas ol, O`zbekiston” loyihalari koordinatorlari ham so`zga chiqishdi.

Forumning ikkinchi qismida yig`ilganlar volontyorlarning birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish, favqulodda holatlarda yordam ko`rsatish, og`iz bo`shlig`i gigienasi, sun`iy nafas berish kabi mashg`ulotlardan iborat mahorat darslari bilan tanishdilar.

    Boshqa yangiliklar