AsosiyDunyo

Amerikalik 102 yoshli ayol 2 marta koronavirusni engdi

'Amerikalik 102 yoshli ayol 2 marta koronavirusni engdi'ning rasmi

Amerikalik 102 yoshli Anjelina Fridman ikki marotaba koronavirusga chalindi va har ikkala holatda ham kasallikni muvaffaqiyatli engdi.

Fridman birinchi marta mart oyida COVID-19’ni yuqtirib oldi. Unga oktyabr oyida ikkinchi marta COVID-19 tashxisi qo`yilgan. Amerikalik ayol qariyalar uyida yashab, virusni yuqtirgan. Bu safar Fridman qattiq yo`taldi va isitmasi bor edi. Dastlab shifokorlar uni grippga chalingan deb o`ylashdi. Keyin esa koronavirus testi salbiy natija ko`rsatgan.

Nashrning ta`kidlashicha, bu amerikalik qariya ayol hayotidagi birinchi pandemiya emas. Anjelina 1918 yilda Italiyadan Nyu-Yorkga immigrantlarni tashiydigan kemada tug`ilgan. Bu vaqtda sayyoramizda “ispan grippi” avj olib, millionlab odamlarning hayotiga zomin bo`lgan davr edi. Bundan tashqari, Anjelina hayoti davomida saraton, sepsis va ichki qon ketish bilan og`rigan.

Hozirda u deyarli ko`rmaydi, lekin ayol hayotdan zavqlanishda davom etmoqda. Masalan, u har doim qariyalar uyidagi tanlovlarda qatnashadi.

    Boshqa yangiliklar