Bu haqda AOKAda ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo`yicha o`tkazilgan matbuot anjumanida Qurilish vaziri o`rinbosari Erkin Iskandarov ma`lum qildi.
«2020 yilda arzon ko`p kvartirali uy-joylar qurilishi, uylarning sifat nazorati bo`yicha qurilishi nazorati tomonidan 2791 ta topshirilgan uylardan 1157 tasida nuqsonlar aniqlanib, kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha ishlar amalga oshirilgan.
Davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq, Shaffof qurilish milliy tizimi eksperiment tariqasida Toshkent shahri va viloyatida ishga tushirildi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab ushbu tizim respublikaning barcha hududlarida joriy qilinadi.
Shaffof qurilish milliy tizimi quyidagilarni qamrab oladi:
- investisiya dasturlariga kiritilgan ob`ektlar;
- arxitektura rejalashtirish topshiriqlarining bajarilishi;
- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o`tkazish;
- qurilish sifatini nazorat qilish;
- shahar va qishloqlarning bosh planlari».






