“Chane-5” Xitoy kosmik apparatining qo`nish moduli orbita kompleksidan ajralib, Oy yuzasiga qo`nish uchun tayyorgarlikni boshlagani ma`lum qilgandi. Meduzaning xabar berishicha, u 1-dekabr kuni Oyga qo`nib, o`z bayrog`ini o`rnatdi.
Missiyadan asosiy maqsad Oyda 2 metrga yaqin chuqurlikda burg`ilash ishlarini olib borib, tuproq namunasini yig`ishdir. Jami 2 kilogrammcha namuna yig`ish rejalashtirilgan. Uchish moduli konteyner ichiga joylashtirilgan tuproq namunalarini orbita apparatiga eltadi, shundan so`ng kapsula u bilan birga Erga qaytishi lozim.
Bu muvaffaqiyatli o`tsa, Xitoy buni amalga oshirgan dunyoda to`rtinchi mamlakatga bo`ladi. Bundan tashqari, Xitoy so`nggi 44 yildan buyon Oy yuzasidan tuproq namunalarini olib kelgan birinchi davlatga aylanadi. 1969—1976-yillar davomida AQSh va SSSR Erga bir necha bor Oydan tuproq namunasini olib kelgan.






