AsosiyJamiyat

«Farzand asrab olish uchun 18 yilgacha kutishga to`g`ri keladi» — Tanzila Norboeva

'«Farzand asrab olish uchun 18 yilgacha kutishga to`g`ri keladi» — Tanzila Norboeva'ning rasmi

O`zbekistonda farzand asrab olish harakatlarining 10 foizi belgilangan davlat tashkilotlari orqali, 90 foizi esa o`zaro kelishuvlar asosida amalga oshirilgan.

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining 4 dekabrdagi yig`ilishida chaqaloq savdosi jinoyati ko`payib borayotgani muhokama qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, qonuniy tartibda farzand asrab olish jarayonidagi byurokratiya va boshqa to`siqlar chaqaloq savdosining avj olayotganiga sabab bo`lmoqda.

Vasiylik va homiylik organlari tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylarida ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarning 2747 nafari farzandlikka, 3954 nafari vasiylikka, 1534 nafari homiylikka, 288 nafari patronatga berilgan.

Mehribonlik uylari, go`daklar uylari, bolalar shaharchalari orqali esa bir yilda o`rtacha 220-230 nafar bola farzandlikka beriladi.

Mamlakatda farzand asrab olishga bo`lgan talab yuqori. Chunki biz bolajon xalqmiz. Ammo hozirgi holatda farzand asrab olmoqchi bo`lganlar o`rtacha 18 yil navbat kutishga to`g`ri keladi.

Respublikada amaldagi farzandlikka olish tartibi juda murakkab. Qog`ozbozlik amaliyotlari juda ham ko`p. Shaffoflik yo`q. Navbat qachon kelishini bilib bo`lmaydi. Navbatning elektron tizimi shakllantirilmagan. Bu esa mavjud tartibni aylanib o`tishga, korrupsion munosabatlarning shakllanishiga, chaqaloq savdosining ko`payishiga olib keladi», – dedi yig`ilishni olib borgan komissiya raisi Tanzila Norboeva.

    Boshqa yangiliklar