AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari harorat 17-20 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda

'Dam olish kunlari harorat 17-20 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda'ning rasmi

Bugun kunning ikkinchi yarmida O`zbekistonda ob-havo sharoitini Volga bo`yi ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Bu degani, bugun yog`ingarchilik ehtimoli faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. 

Janubiy va markaziy hududlar ustida qatlamli to`p-to`p bulutlardan hosil bo`lgan qatorlar cho`zilib ketishi davom etadi, harorat foni esa iqlimiy me`yorlardan 6-8 darajaga past bo`ladi. Respublika shimolida ancha sovuq bo`ladi, kunning o`rtasida havo harorati 5-8 daraja sovuqni, Orol bo`yida 12-15 daraja sovuqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayadi, bulutlar kamayadi. Kechalari havo harorati 4-7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida ba`zi joylarda 17-20 daraja sovuqqacha bo`ladi. Kunduz kunlari havo 4-7 daraja iliqqacha ko`tariladi, lekin o`rtacha kecha kunduzlik harorat odatdagidan biroz past bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar