AsosiyJamiyat

O`zbekiston ichimlik suvi zaxirasining hajmi ma`lum qilindi

'O`zbekiston ichimlik suvi zaxirasining hajmi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda 97 ta er konida 64 million kub metr umumiy suv zaxiralari mavjud. Bu haqda Davlat geologiya qo`mitasi vakili Rasuljon Begmatov ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, suv zaxiralari asosan Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Namangan Andijon va Farg`ona viloyatlarida tarqalgan. Ammo, Xorazm viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasida chuchuk suvlar deyarli mavjud emas. Buxoro va Navoiy viloyatlarida o`rtacha suv zaxiralari bor. Eng katta muammo ham mamlakatdagi suv zaxiralarining teng tarqalmaganida. Tahlillar 2025 yilga borib er yuzidagi davlatlarning yarmidan ko`pida suv taqchilligi yuzaga kelishini ko`rsatmoqda. 2050 yilda esa bu ko`rsatkich dunyo aholisining to`rtdan uch qismiga to`g`ri kelishi taxmin qilinmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda bo`lgani kabi respublikamizda ham suv resurslari cheklangan. Chuchuk suv umumiy suv resurslarining 8 foizini, ichimlik suvlarining esa 67 foizini tashkil etadi. Mamlakatda aholi ichimlik suvi ta`minoti uchun 2019 yilda 161,4 ming kub metr/sutka, ya`ni 950 ming kishiga etarli miqdordagi chuchuk suv zaxirasi tasdiqlangan. 2020 yilda 193 ming kub metr/sutka, ya`ni 1 mln 140 ming kishiga etarli suv zaxiralari tasdiqlanishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda aholi jon boshiga suvdan foydalanish me`yori sutkasiga 115–240 litr bo`lib, bu dunyodagi o`rtacha ko`rsatkichdan past hisoblanadi. Misol uchun, Birlashgan Arab Amirliklarida kuniga 700, Rossiyada 400, AQShda 200, Germaniyada esa 130 litr suv sutkalik normani tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar