Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan bojxona to`lovlaridan qochish maqsadida tovarlarni yo`l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan holda respublikamiz hududiga turli noqonuniy yo`llar bilan olib kirilishini oldini olish bo`yicha bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, yurtimiz hududiga kirib kelgan xo`jalik mollari “Inspeksion ko`rik majmuasi”dan aniqlangan ma`lumotlar asosida bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan qiymati 605 mln so`mlik 24 turdagi tibbiy buyumlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






