AsosiyJamiyat

O`zbekiston volontyorlari assosiasiyasi tashkil etildi

'O`zbekiston volontyorlari assosiasiyasi tashkil etildi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 4 dekabr kuni 959-son bilan “O`zbekiston volontyorlari assosiasiyasi” davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Assosiasiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish, insonparvarlik, bag`rikenglik hamda hamjihatlilikni qo`llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Assosiasiyaning tashkil etilganligini “5 dekabr – Xalqaro volontyorlar kuni”ga munosib sovg`a deb hisoblash mumkin, deyiladi xabarda. 

Bugungi kunda 80dan ortiq mamlakatda yirik professional volontyorlik tashkilotlari mavjud. Ko`ngillilar sektori jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy bo`lagini tashkil etadi.

Mamlakatda ham volontyorlik faoliyatini yanada qo`llab-quvvatlash maqsadida, “Volontyorlik faoliyati to`g`risida”gi qonun qabul qilindi.

Unga ko`ra, volontyorlik orqali kam ta`minlanganlarga, ko`p bolali oilalarga, boshpanasizlarga yordam ko`rsatish, bemorlarni, nogironligi bo`lgan shaxslarni, qariyalarni parvarishlash, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni tashkil etishga ko`maklashish hamda boshqa usullarda xayriya ishlarini amalga oshirish mumkin.

Qonun davlat organlariga volontyorlar (volontyor guruhlar, volontyor tashkilotlar) bilan ijtimoiy sheriklik to`g`risida shartnomalar tuzish orqali ularni qo`llab-quvvatlash imkonini berdi.

    Boshqa yangiliklar