Xorijiy aviareys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelib, «yashil» yo`lak orqali harakatlangan fuqaro M.S.ning bagaji o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy qiymati 1 milliard 950 million so`mlik 4 899 dona turli sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






