3 dekabr kuni Urgut tumani “A`loxotin” MFY hududidan o`tuvchi 4R-50 avtomobil yo`lining 20 km.da Urgut tumani Algar mahallasida yashovchi 28 yoshli fuqaro boshqaruvida bo`lgan “Lasetti” avtomobili bilan yo`lni kesib o`tayotgan “A`loxotin” mahallasida yashagan 16 yoshli qizni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan. Natijada piyoda Urgut tumani markaziy shifoxonasida vafot etgan. Bu haqda Samarqand viloyat IIB yozmoqda.
Viloyati IIB YHXB boshlig`i polkovnik F.Shayzokov YTH sodir bo`lgan mahalla hamda vafot etgan qiz o`qigan maktabga borib, qishloq ahli, o`qituvchi va o`quvchilar bilan uchrashdi.