“Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori e`lon qilindi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2021/2022 o`quv yilidan boshlab akademik liseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olishda Davlat test markazi tomonidan tanlangan yo`nalishga mos 2 ta fan bo`yicha hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlab beruvchi test sinovlari o`tkaziladi.
Akademik liseylarga hujjat topshiruvchilarni ro`yxatdan o`tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, akademik lsieylarda umumta`lim fanlar soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soati oshiriladi hamda ularning ulushi kamida 50 foizga etkaziladi.