Poytaxtning Yunusobod tumanida 10 yashar bola F.X. pirotexnika vositalarini do`stlari bilan ko`chada ermak qilgan. Natijada bolaning ko`zi jarohatlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 3 dekabr kuni kechqurun sodir bo`lgan.
Vazirlik ota-onalarni farzandlariga pirotexnika o`ynashiga yo`l qo`ymaslikka chaqirgan.






