So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ilgari FHDYo organlari tomonidan beriladigan gerbli guvohnomalar bilan bog`liq savollar muhokamasi ko`paymoqda.
Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ushbu vaziyatga oydinlik kiritib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, tug`ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o`lim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalari qo`lda to`ldirish bo`yicha talablar bekor qilinib, ularni axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan to`ldirish tartibi joriy etilganini ma`lum qiladi.
Guvohnomaga barcha ma`lumotlar elektron shaklda kiritilgach, ota-ona, uning o`rnini bosuvchi shaxslar to`g`riligi va ular e`tirozi bor-yo`qligini aytish uchun chop etilishidan avval ko`rsatilishini FHDYo idorasi xodimidan talab qilishi mumkin.
FHDYo organlari bilan bog`liq masalalar yuzasidan Davlat xizmatlari agentligi 1148 telefoni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali murojaat qilishingiz mumkinligi aytilmoqda.






