Qo`shiqlari bilan yoshlarni qalbidan joy olgan estrada xonandasi Sardor Rahimxon bugungi kunda muhtoj oilalarga ko`rsatayotgan hayriya tadbirlari bilan xalqning hurmatiga erishmoqda.
Qo`shiqchi “AJR “ loyihasi doirasida odamlardan yig`ilgan pulga ikki farzandini yolg`iz tarbiyalab, voyaga etkazayotgan ayolga yangi xonadon sotib olib bergani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Sardor Raximxon yig`ilgan 40.000 dollarga yaqin, bir uy olishga etadigan zakotlarni muhtoj oilaga bergandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda uning yana bir hayriya ishini aks ettiruvchi video joylashtirildi. Buni quyidagi videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.
Unda Sardor bir ayolning mehmondorchilik uchun uzatgan bir likopcha uzumining narxini aytmasa emasligini aytadi. So`zida turib olgan xonandaga "ko`nglizdan chiqarib bering", deydi. Shunda u uzum uchun 1000 AQSh dollari to`laydi.
Sardor quvonchdan to`xovsiz yig`lab rahmat aytayotgan ayolga taskin berar ekan, bu sovg`ani Alloh yuborganini aytdi.






