AsosiyJamiyat

Keyingi paytda bolalar va o`smirlarda ko`rish qobiliyatining pasayishi ko`p uchramoqda. Buning oldini olish mumkinmi?

'Keyingi paytda bolalar va o`smirlarda ko`rish qobiliyatining pasayishi ko`p uchramoqda. Buning oldini olish mumkinmi?'ning rasmi

Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Azamat Yusupovning ta`kidlashicha, ko`z tabiatan uzoq-uzoq manzillarni ko`rishga moslashgan. Ammo, XXI asrning yuksak texnologiyalari - kompyuter, smartfon, mobil telefon natijasida ko`zlar tabiiy ish rejimini o`zgartirishga majbur bo`lmoqda.

" - Albatta, bu muammo ko`zlarning ko`rish qobiliyatiga o`z ta`sirini o`tkazmay qo`ymayapti.  

Miopiya — uzoqni yaxshi ko`ra olmaslik kasalligining ko`payib borayotgani shuning belgisi. Eng yomoni, keyingi paytlarda bu kasallik yosharib borayotir. Buning oldini olish uchun oilada tarbiyaga e`tiborni kuchaytirish, kichkintoylarning mobil telefon, kompyuter o`yinlariga berilishiga yo`l qo`ymaslik, ularni ko`proq toza havoda sayr ettirish, ovqatlanish tartibiga va taomlarning shifobaxshlik xususiyatiga e`tibor qaratish kerak.

Kattalar ham kompyuterda ishlash qoidalariga rioya etishi zarur. Ya`ni, monitor va ko`z orasi 15-20 santimetrdan kam bo`lmasligi kerak. Kompyuterda uzluksiz ishlaydiganlar har ikki soatda 20-30 daqiqa ko`zga dam berishi maqsadga muvofiq. Sog`lom turmush tarziga oid bu ma`lumotlarni har bir oilaga etkazsangiz, ko`z xastaliklarining oldini olishda sezilarli natijalarga erishasiz", deydi mutaxassis.

 

— Keksalarimiz ko`zlarini ko`k choy bilan tez-tez yuvib turishlariga ko`p guvoh bo`lganman. Buning salomatlikka foydasi bormi?

—  Ma`lumki, ko`k choy tabiiy usulda olingani bois, unda tabiiy, shifobaxsh moddalar ko`p. Shuningdek, bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Shu jihatlari sababli kon`yunktivit, blefarit va boshqa shamollash tufayli kelib chiqadigan ko`z xastaliklarining oldini olish va davolashda o`ziga xos ta`sir kuchiga ega.  

 

    Boshqa yangiliklar