AsosiyDunyo

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining narxi e`lon qilindi

'Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining narxi e`lon qilindi'ning rasmi

Rossiya Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksina «Sputnik V»ning narxini e`lon qildi. Bu haqda «RBK» xabariga tayanib Zamon yozdi.

Qayd etilishicha, vazirlik vaksinaning maksimal sotish narxini belgilagan. «Uning 2 ta komponenti 1942 rubl turadi. Beshta ikki komponentli to`plamlarning narxi 9710 rubl etib belgilandi», — deydi Sog`liqni saqlash vaziri Aleksey Kuznesov.

Rossiyaning To`g`ridan-to`g`ri investisiyalar fondi rahbari Kirill Dmitrievning ta`kidlashicha, vaksinaning narxi xuddi shunday ta`sir kuchiga ega dorilar narxidan 2 barobarga arzon. Shuningdek, ushbu vaksina klinik sinovlarning uchinchi bosqichida samaradorligi 90 foizdan yuqori bo`lgan eng samarali vaksina hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar