AsosiyJamiyat

O`zbekiston Konstitusiyasi ilk bor Brayl alifbosida nashr etildi

'O`zbekiston Konstitusiyasi ilk bor Brayl alifbosida nashr etildi'ning rasmi

O`zbekiston Konstitusiyasining 28 yillik bayrami arafasida mamlakatda birinchi marta Asosiy qonun Brayl alifbosida kitob holida nashrdan chiqdi. Bu haqda Inson huquqlari bo`yicha Milliy markazning axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko`ra, ushbu rasmiy nashr Inson huquqlari bo`yicha Milliy strategiya ijrosi doirasida Inson huquqlari bo`yicha Milliy markaz va «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi tomonidan chop etilgan. Bunga Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi yaqindan yordam bergan.

Mamlakatda nogironligi bo`lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining yo`nalishlaridan biri imkoniyati cheklangan shaxslarga Konstitusiyada nazarda tutilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umume`tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek O`zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarni ta`minlash hisoblanadi.

Shu ma`noda, Brayl alifbosida chop etilgan «O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» rasmiy nashri mamlakatdagi nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash va amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar