AsosiyJamiyat

Poytaxtda umumiy uzunligi 50 kilometr bo`lgan «Salomatlik yo`laklari» tashkil etiladi

'Poytaxtda umumiy uzunligi 50 kilometr bo`lgan «Salomatlik yo`laklari» tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimligi 2021 yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarning aholi uchun qulay bo`lgan ko`chalarida umumiy uzunligi 50 kilometr bo`lgan piyoda va velosipedda yurish uchun «Salomatlik yo`laklari»ni tashkil etadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya vazirligi xabar bermoqda. 

Mazkur maqsadlar uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi tomonidan Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024 yillarda qaytarish sharti bilan 20 million AQSh dollari miqdorida foizsiz ssuda ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar