Fuqarolarning berayotgan ma`lumotlariga ko`ra, Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida davlat raqami yo`q yoki yashiringan qora rangdagi avtomobillar "o`z ogorodida o`tlab yurgan"dek bemalol harakatlanib yurishganmish. Bu haqda Rasul kusherbaev o`z telegram kanalida yozdi.
Qizig`i ularning ayrimlarini YHXBga tegishli ko`rinishdagi avtomobillar o`zlari olib yurishibdi ekan.
Ko`cha bezorisi yoki "mafiya" kabi qonunlarni mesimay, jarimadan qochib harakatlanib yurgan bunday qonunbuzarlarni zudlik bilan aniqlab, chora ko`rishlarini talab qilamiz. Zero, O`zbekiston- qonunlari barchaga barobar va qonun ustuvor mamlakat. Shunday emasmi hurmatli IIV mas`ullari?






