1

Kamchatkada 21 kishi cho`chqa grippiga chalindi

Dunyo 22.01.2016, 15:10
Kamchatkada 21 kishi cho`chqa grippiga chalindi

Rossiyaning Kamchatka o`lkasida 21 ta cho`chqa grippi bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.

Bemorlarning birortasi ham grippga qarshi emlanmagan. Shifokorlar aholiga grippning oldini olish haqida ogohlantirmoqda.

“22 yanvar holatiga ko`ra, 21 ta H1N1 grippiga chalinish holati qayd etildi. Kasallanganlarning 18 nafari kattalar, qolgan uchtasi bolalarni tashkil etdi. Bemorlarning ahvoli o`rtacha darajada baholanmoqda. O`ta og`ir gripp holatlari qayd etilmagan. Bemorlarning hech biri grippga qarshi emlanmagan”, —dedi Kamchatka o`lkasi sog`liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchisi Marina Volkova.

Aksariyat hollarda infeksiya odamdan odamga havo-tomchi usuli orqali yuqadi. Aholiga jamoat joylarida himoya niqoblaridan foydalanish va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish tavsiya etilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1