AsosiyJamiyat

Bu hafta O`zbekistonda ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'Bu hafta O`zbekistonda ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ning xabar berishicha, bugun O`zbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini Ural ustida joylashgan kuchli sovuq antisiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika hududlarining ko`p qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Surxondaryo viloyatida, kechga tomon esa Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Harorat foni me`yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga past bo`lishi saqlanib turadi va 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga 8 dekabrda mamlakatimiz hududlarining ba`zi joylarida biroz qor yog`adi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Chorshanba kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli saqlanib turadi. 10-11 dekabrda ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi. Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo`ladi, shuningdek bu kunlarning iqlimiy me`yoridan 6-9 darajaga past bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar