AsosiyJamiyat

Prokuratura poytaxt hokimligini sudga tortmoqda

'Prokuratura poytaxt hokimligini sudga tortmoqda'ning rasmi

Shayxontohur tuman prokuraturasi Toshkent shahar hokimligiga nisbatan sudda da`vo ochdi. Bu haqda xabar.uz ma`lum qildi. 

Gap shundaki, fuqaro S. Nogayning poytaxtning Navoiy ko`chasidagi savdo qatorlarida (sobiq «yarmarka») joylashgan do`koni bir necha yil avval buzib tashlangan bo`lsa-da, buning uchun sariq chaqa tovon to`lanmagani aytiladi.

Oradan yillar o`tib, nihoyat, fuqaroning murojaaatiga jiddiy ravishda quloq tutildi. Natijada tuman prokuraturasi uning manfaatlarini ko`zlab, fuqarolik ishlari bo`yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da`vo kiritdi. Unda buzib tashlanganligi uchun Toshkent shahar hokimligidan mulkdor foydasiga 1.200.000.000 so`m zarar undirish so`ralmoqda.

«Xabar.uz» so`roviga ko`ra, Bosh prokuratura matbuot xizmati sudga da`vo ariza shu yilning 2 dekabr kuni kiritilganini tasdiqladi. Yaqin kunlarda sud majlisi boshlanishi ehtimoli yuqori.

    Boshqa yangiliklar