Ayni daqiqalarda AOKAda “Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi hamda uning hududiy boshqarmalarida joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar va ularning samaradorlik natijalari bo`yicha o`rganish natijalari” mavzusida matbuot anjumani o`tkazilmoqda.
«Biz sud qarorini hurmat qilamiz, biroq hisob-kitoblarimizga nisbatan shubhamiz yo`q, o`z fikrimizda qolamiz.
Sud qarori ustidan berilgan apellyasiya rasmiyatchilik uchun qilinayotgani yo`q», dedi qo`mita raisi o`rinbosari Bekzod Ummatov.
«UzAuto Motors» bilan bog`liq holatni to`xtatishning bitta yo`li bor — kirib kelayotgan avtomobillar uchun bojxona to`lovini pasaytirish. Agar raqobat bo`lsa, ularni tekshirishga ham hojat qolmaydi. Raqobatning o`zi hammasini joy-joyiga qo`yadi.
Agar shu narsa hal bo`lmasa, «UzAuto Motors» ishini har yili ko`rib chiqishimiz, sudda yutishimiz ham mumkin. Biroq bu natija bermaydi, buning davosi — bozorda raqobatni paydo qilish», deya qo`shimcha qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisning birinchi o`rinbosari Bobir Karimov.






