AsosiyJamiyat

Noqonuniy ravishda pullarni o`zlashtirgan 7 nafar bank xodimi ishdan bo`shatildi

'Noqonuniy ravishda pullarni o`zlashtirgan 7 nafar bank xodimi ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq bankining Piskent filialidan 8 nafar xodim qish kunida sababsiz ishdan bo`shatildi, ularning ham bolalari bor. Yangi rahbar hech kimni chaqirmay uyiga ogohlantirish xati yuborgan. Mehnat kodeksida ish topgunicha ikki oylik kompensasiya beriladi, deb yozilganku, degan mazmundagi murojaati e`lon qilindi. Holat Xalq banki Matbuot kotibi aniqlik kiritdi.

"Xalq bankining Toshkent viloyati Piskent filialida ish faoliyatida fuqarolarning nomiga kredit karta rasmiylashtirish orqali o`zlashtirishga yo`l qo`ygani uchun Xalq banki Boshqaruvining 2020 yil 6 noyabrdagi 128/1-sonli qaroriga binoan filialning qator xodimlariga nisbatan tegishli jazo choralari qo`llanilgan.

Jumladan, Piskent filiali boshqaruvchisi o`rinbosari – monitoring qilish bo`limi boshlig`i D.O., boshqaruvchi o`rinbosari D.O., Monitoring qilish bo`limi bosh mutaxassisi A.U., Chakana xizmatlar bo`limi etakchi mutaxassisi M.X., Yuridik mijozlarga xizmat ko`rsatish bo`limi bosh mutaxassisi N.X., Xodimlar bilan ishlash bosh mutaxassisi Sh.O`. va Plastik kartalar bilan ishlash sho`basi bosh mutaxassisi D.T.lar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan.

Shu bilan birga, yuqorida nomlari keltirib o`tilgan Xalq banki Toshkent viloyati Piskent filiali sobiq xodimlariga nisbatan to`plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Piskent tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan sababsiz ishdan bo`shatildi, degan mazmundagi murojaatlar asossizdir", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar