Poytaxtda 6-7 million odam koronavirusga qarshi emlanishga muhtoj, dedi Moskva shahri hokimi Sergey Sobyanin. Shu bilan birga, u emlash jarayoni asta-sekinlik bilan amalga oshirilishini aytib o`tdi. Chunki vaksinasiya ishini tezlikda bajarish imkonsiz, — deya qayd etdi shahar hokimi.
Moskvada koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida 7 million kishini vaksinasiya qilishi kerak, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin "Rossiya 1" telekanalidagi «Nedelya v gorode» dasturida.
"Biz yaqin kelajakda Moskvada istiqomat qiluvchi 6-7 million kishini emlashimiz kerak, va siz vaksinasiyaning mashinasini darhol ishga tushira olmaysiz", dedi Sobyanin (TASS iqtibosini keltirib). Unga ko`ra, emlash jarayonini bosqichma-bosqich boshlash kerak, "raqamli ro`yxatga olish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali emlanadiganlar jadvalini tuzish lozim". Shuningdek, mer Moskva birinchi bo`lib COVID-19ga qarshi keng ko`lamli emlash dasturiga qo`shilganini aytib o`tdi.






